pharmedunion
Konjunak plus
Nosteroid og‘riq qoldiruvchilar Oltin standartining Yangi Avlodi!

Aseklofenak

– universal og‘riq qoldiruvchi nosteroid yallig‘lanish vositasi (NPVS) bo‘lib, o‘tkir og‘riqli holatlar (shikastlanishlar, yallig‘lanish va jarroxlik aralashuvida) da ham, surunkali bo‘g‘im og‘riqlarida ham samarali, boshqa NPVS vositalarga qaraganda nisbatan xavfsiz ta’sir ko‘rsatadi! (Laporte J va hamk. – 2004, Lanos A va hamk. - 2006)

Parasetamol

– Asosan markaziy nerv tizimida og‘riq va tana xaroratini nazorat qiluvchi markazga ta’sir qilib, siklooksigenaza (SOG 3) va prostoglandinlar sintezini bloklaydi. Og‘riq qoldiruvchi va Isitma tushuruvchi vosita.
bogimlar ogrisa

Bo‘g‘imlar o‘tkir va surunkali kasalliklarida!

tish ogrisa

Bosh va tish og‘riqlarida!

shamolashda

Isitma va shamollashda!

Kuniga 2 ta tabletka!

Ikkiyoqlama ta'sir!

Ta'sir va xavfsizligi bo'yicha
asosiy ko'rsatkichlari
Diklofenak Aseklofenak
Ta'sir qilishi Pevmatik kasalliklar va boshqa o'g'riq bilan
namoyon bo'ladigan (travmalar va jarroxlik
amaliyoti) xolatlarida yaxshi ta'sirga ega
Bunday xolatlarda og'riq qoldirish bo'yicha diklofenakdan
yaxshi og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega (PKI -
"Рандомизированные Контролные исследование" ma'lumoti asosida)
Osteoartrozlarda bo'g'im
tog'ayi metabolizmiga ta'siri
Proteoglikanlar va gialuron kislota sintezini
pasaytiradi yoki ta'sir qilmaydi!
Proteoglikanlar va gialuron kislota sintezini ko'chaytiradi
va bo'g'imlar tiklanishini tezlashtiradi!
DIspepsiya (oshqozon ichakdagi
bexuzurlik) uchrash chastotasi
10% dan 30% gacha, xar 10
bemordan 1-3 tasi dorini
ichishni to'xtatishga sabab bo'ladi
Kuzatiladi, lekin 3 barobar kamroq! (PKI va SAMM
(Safety Assessment of Marketed Medicines) tekshiruvlari asosida)
Uzoq muddat qabul qilganda
oshqozon ichak yarasi va qon
ketish xavfi shakllanishi
12-15% bemorlarda endoskopik yaralar, 0.5%
da qon ketish va perforatsiya aniqlangan
Italiya va Ispaniya epidemiologik tekshiruvlar natijasida
aseklofenakda bu asorat kam uchrashi ko'zatilgan
Yurak-qon tomir tizimida og'ir
asoratlar xavfi
Xavf n-NPVS lar va selokoksib ga nisbatan yuqori Xavfni kuchaytirmaydi!
Jigar zararlanishi Gepatotoksiklik xususiyati bir necha tekshiruvlar
natijasida keltirib o'tilgan
Kuzatilmagan!
Tarkibi: Aseklofenak – 100 mg, parasetamol – 500 mg. Tabletka, oq yoki deyarli oq rangda, №10 blisterda, qadoqda №100. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
Farmakokinetika: Konjunak plus Oshqozon ichak tizimida tez so‘riladi. Qonda maksimal miqdori 0.5 – 3 soatda namoyon bo‘ladi. Bo‘g‘imlar sinovial suyuqligida 60% gacha yetadi. Yarim chiqarilish davri – 4 soat.
Ko‘rsatma: Tayanch-xarakatlanish a’zolari o‘tkir va surunkali, sistemali va yallig‘lanish kasalliklarida, xar xil etiologiyali artritlarda, osteoartroz, bosh va tish og‘riqlarida, Isitma va shamollashda.
Qo‘llash tartibi: 18 yoshdan kattalarda bir kunda 1-2 maxal, ovqatdan keyin, yetarli miqdorda suv bilan ichiladi. Jigar yetishmovchiligida aseklofenak sutkalik dozasi 100 mg. O‘zoq muddat qo‘llashda vrach tavsiyasi asosida.
Qarshi ko‘rsatmalar: Preparat kompanentlariga yuqori sezgirlik, Oshqozon ichak tizimi eroziv yaralari xurujida, Oshqozon ichak tizimida qon ketishlarda, Bronxial astma, o‘tkir jigar va buyrak yetishmovchiligida, qon xosil qilish a’zolari kasalliklarida, Yurak qon tomir utkir ishemik kasalliklarida, Homiladorlik, emizikli ayollar va 18 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Nojuya ta’sirlari: Konjunak plus yaxshi o‘zlashtiriladi va oshqozon ichak tizimida kuzatiladigan ko‘pchilik nojuya ta’sirlar qaytar xususiyatga ega va vaqtinchalikdir. Oshqozon ichak tizimida: Dispepsik xolatlar, juda kam chastotada yara kasalliklarida perforatsiya va qon ketishlar. Nerv tizimida: bosh oylanishlar, bosh og‘riqlari, isitma, dizorientatsiya, umumiy xolsizlik va boshqalar. Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish: nojuya ta’sirlari kuchayishi kuzatiladi. Davo: Medani yuvish, simptomatik davo.
Yaroqlilik muddati: 3 yil. Vrach tavsiyasi asosida beriladi. Bolalardan saqlansin.
Ishlab chiqaruvchi: Sydler Remedies Pvt.Ltd., C-7-8(2) MIDC, Bhosari Pune, Taluka; Haveli-1, Pune 411026, Maharashtra State, Xindiston.
Imort qiluvchi korxona: “Pharmed Union” MChJ. Toshkent, Chilonzor, Kichik halqa yo’li – 107. Tel: + 99871 279 10 74
Mazkur qo'llanma KONJUNAK PLUS preparati xaqida qisqacha ma'lumot olish uchun tibbiyot va farmatsevtika mutaxasislari uchun mo'ljallangan.
Bu ma'lumotlar bilan dorini davolash maqsadida qo'llashga asos bo'lmaydi! To'liq yuriqnoma bilan tanishing.
Pharmed Union MChj
+998 99 444 22 52