PHARMED UNION

Vetalin Ultra - Immunitet va qondagi gemoglobin uchun ko'p komponentli vosita

VETALIN ULTRA sirop

 

Ta’sir etuvchi moddalari (XPN): temir (III) gidroksidi polimaltozati, xolin, L-karnitin, A vitamini (retinol asetati), V1 vitamini (tiamin gidroxloridi), V2 vitamini (riboflavin natriy fosfati), V12 vitamini (siankobalamin), S vitamini (askorbin kislotasi), yod, rux, selen, propolis ekstrakti.

Yordamchi moddalar: natriy saxarini, sorbitol, hidlarni yo‘q qiluvchi konsentrat va boshqalar.

Dorining shakllari: ichga qabul qilish uchun sirop va kapsulalar. 

Tarkibi

Siropning har 5 millilitri quyidagilarni saqlaydi: 

 

faol moddalar:  
  • temir (III) gidroksidi polimaltozati (sof temir – 30 mg)
108 mg
  • xolin
40 mg
  • L-karnitin 
150 mg
  • A vitamini (retinol asetati)
0,3 mg
  • V1 vitamini (tiamin gidroxloridi)
2 mg
  • V2 vitamini (riboflavin natriy fosfati)
1 mg
  • V12 vitamini (siankobalamin)
0,002 mg
  • S vitamini (askorbin kislotasi)
50 mg
  • yod
0,05 mg
  • rux
2,5 mg
  • selen
0,01 mg
  • propolis ekstrakti
100 mg
yordamchi moddalar (kapsula uchun): 
  • kraxmal
 
kapsula qobig‘ining tarkibi: polisaxaridlar (gipromelloza) 

 

Ta’rifi: to‘q jigarrangli sirop.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin-mineralli majmua.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi 

Vetalin ultra – temir (III) gidroksidi polimaltozati, vitaminlar, mineral moddalar, L-karnitin aminokislotasi, xolina va propolis ekstraktini o‘zida saqlovchi majmua bo‘lib, ular organizmning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi va hayoti uchun zarurdir.  U organizmning turli kasalliklar va atrof muhitning noxush omillariga nisbatan qarshiligini oshiradi.

Temir (III) gidroksidi polimaltozatining tarkibiga qiruvchi temir ichakda faol so‘riladi. Temir – eritropoezni rag‘batlantiruvchi mikroelemement. U gemoglobin, mioglobin, turli fermentlar tarkibiga kiradi; kislorodni qaytariluvchan bog‘laydi va bir qator oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda ishtirok etadi; qon yaratilishi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Tuzlar ko‘rinishida temirning qo‘llanilishida uning organizmdagi tanqisligi tez to‘ldirilishi ro‘y beradi. 

L-karnitin bosh miya hujayralarining oziqlanishini yaxshilaydi, organizmning fizik, aqliy va emotsional yuklamalarga nisbatan turg‘unligini oshishiga ko‘maklashadi.   L-karnitin yog‘larning parchalanishi va energiya ishlab chiqarilishida muhim ahamiyatga ega va u organizmning deyarli barcha hujayralarida mavjud.  Yog‘ kislotalari parchalanishining tezligini va mushaklar o‘sishi uchun oqsil ishlab chiqarilishini oshirishi hisobiga L-karnitin tana vaznining kamayishiga yordam beradi. 

Xolin bosh miyaning oziqlanishi va ishlashi uchun zarur, xotirani yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Karnitin bilan birgalikda ta’sir qilib, ishlash qobiliyatini oshirish xususiyatiga ega. Xolin – qimmatli V4 vitaminidir. U ayniqsa yog‘lar parchalanishi tezligini boshqarish uchun muhim hisoblanadi. Organizmda organik birikmaning ishlab chiqarilishi metionin – alohida aminokislota ishtirokida amalga oshiriladi. Xolinsiz hujayra membranalarining to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlovchi tarkibiy qismlar – sfingomielin va fosfatidilxolinning shakllanishi mumkin bo‘lmaydi. Ushbu moddaning organizmda mavjudligi juda muhim, chunki usiz markaziy asab tizimining me’yoriy faoliyati, membrana orqali impulslarning o‘tkazilishi, yog‘lar almashinuvi kabi jarayonlarni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuningdek u organizmning erta qarishini oldini oladi. V4 vitamini o‘qiy olish qobiliyati va xotiraga javob beruvchi gippokampning shakllanishiga ta’sir qiladi.   

A vitamini (retinol) oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, oqsillar ishlab chiqarilishini boshqarishda ishtirok etadi, me’yoriy moddalar almashinuviga ko‘maklashadi, hujayra va hujayra osti membranalar faoliyatida ishtirok etadi; yangi hujayralarning o‘sishi uchun zarur hisoblanadi, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Terining yangilanishini rag‘batlantiradi. Retinol ko‘z pardasi me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘lgan moddalardan biri bo‘lib hisoblanadi: u opsin (ko‘z pardasining qizil pigmenti) bilan bog‘lanadi va qorong‘ulikda ko‘rishga imkon beruvchi modda – rodopsinni hosil qiladi.

V1 vitamini (tiamin) uglevodlar almashinuvida  zaruriy hisoblangan ketokislotalarning dekarboksillanishi uchun kerak koenzimning tarkibiga kiruvchi moddadir. U uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida muhim ahamiyatga ega, sinapsda asabiy qo‘zg‘alishning o‘tkazilishida ishtirok etadi. Aqliy va jismoniy ishlash qobiliyatini oshiradi, asab to‘qimalarining metabolizmini yaxshilagan holda detoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi.

V2 vitamini (riboflavin) hujayraviy nafas va ko‘ruv idroki jarayonlarining juda muhim katalizatori bo‘lib hisoblanadi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqargan holda, riboflavin oqsillar, yog‘lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK ning shakllanishida muhim o‘ringa ega, gemoglobinning ishlab chiqarilishida ishtirok etadi, to‘qimalar (shu jumladan teri to‘qimalari) ning yangilanishi jarayonlariga va hujayralarda trofik buzilishlarning to‘g‘rilanishiga ko‘maklashadi.  

V12 vitamini (sianokobalamin) immunitetni to‘g‘rilovchi, allergiyaga qarshi, asab to‘qimalari tuzilishini tiklovchi, ishtahani oshiruvchi ta’sirga ega. V12 vitamini turli aminokislotalarning ishlab chiqarilishida ishtirok etadi; jigar, asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; qonning ivishi, uglevodlar va yog‘lar almashinuvlarini faollashtiradi.

S vitamini (askorbin kislotasi) – uglevodlar metabolizmi, yog‘lar va oqsillar ishlab chiqarilishi, hujayraviy nafas jarayonlari, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etuvchi suvda eruvchi vitamin va kuchli antioksidantdir. U hujayra ichki kollagenining hosil bo‘lishi; tishlar, suyaklar va kapillyarlar devori tuzilishini mustahkamlash va organizmni infeksiyalarga nisbatan turg‘unligini oshirish uchun kerak bo‘lgan modda.

Yod – hayotiy zarur mikroelement bo‘lib, u qalqonsimon bezning me’yoriy faoliyati uchun kerak. Tireoid gormonlar hayot uchun muhim vazifalarni, shu jumladan oqsillar, yog‘lar, uglevodlar almashinuvini, bosh miya, asab va yurak-tomir tizimi, jinsiy va sut bezlari faoliyatini, hamda bolaning o‘sishi va rivojlanishini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi.

Organizmning to‘laqonli hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan va biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etuvchi mikroelementlar ichida birinchi o‘rinlardan biri ruxga tegishli. U oqsillar va aminokislotalarning shakllanishi uchun zarur, muhim fermentlar tarkibiga kiradi, insulinning gipoglikemik samarasini o‘zaytirilishiga ko‘maklashgan holda, u insulinning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, testosteron va follikulin ta’sirlarini kuchaytiradi, eritrotsitlar va gemoglobinning hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, lipotrop xususiyatga ega. Rux inson organizmida 80 dan oshiqroq fermentlarning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. U ko‘rish jarayonining fotokimyoviy reaksiyalarida, ichki sekresiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi.

Selen – qalqonsimon bez faoliyatini rag‘batlantiruvchi kuchli antioksidant bo‘lib, u immunitetni va insonning reproduktiv funksiyalarini yaxshilaydi. Selen hujayralarni zaharli ta’sirdan himoya qilishda ishtirok etadi. Geroprotektorlik (organizmning qarishini sekinlashtiruvchi) ta’sirga ega. Organizmning himoya kuchlarini faollashtirgan holda, u yuqumli va virusli kasalliklarda foyda keltiradi. Selen moddalar almashinuvi, qalqonsimon bez faoliyati, immun tizimini mustahkamlanishi, bosh miya faoliyatini yaxshilanishi va yurak-tomir kasalliklari xavfini pasaytirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur mikroelement yetarlicha kirib kelganda organizm og‘ir metallar ionlarini yengilroq chiqarib yuboradi.

Propolis yallig‘lanishga qarshi, mikrobga qarshi, virusga qarshi va antioksidantlik xususiyatiga ega modda hisoblanadi.

 

Farmakokinetikasi

Temir (III) gidroksidi polimaltozati

So‘rilishi

Temir (III) gidroksidi polimaltozati takribidagi temir nazoratli mexanizmga muvofiq holda so‘riladi. Temir (III) gidroksidi polimaltozati tarkibidagi temir so‘rilishining maksimal faolligi 12 barmoq va ingichka ichakda qayd etiladi. Ichga qabul qilinuvchi boshqa temir preparatlarida bo‘lganidek, temir (III) gidroksidi polimaltozatidan gemoglobinni ichiga kirib borish deb belgilangan temirning nisbiy so‘rilishi temirning dozasi oshirilishi bilan pasayib boradi. Shuningdek temir tanqisligining ifodalanish darajasi (xususan qon zardobida ferritin konsentratsiyasi) va so‘rilgan temirning nisbiy miqdori o‘rtasida korrelyatsiya kuzatiladi (ya’ni temir tanqisligi qanchalik ko‘p ifodalangan bo‘lsa, nisbiy so‘rilish ham shunchalik yaxshi bo‘ladi). Anemiyaga chalingan bemorlarda temir (III) gidroksidi polimaltozatidan temirning so‘rilishi, temir tuzlaridan farqli o‘laroq, ovqat mavjudligida oshadi.

Taqsimlanishi

Me’da-ichak yo‘li (MIY) dan so‘rilgan temir qonga kirib keladi va u yerda zudlik bilan transferrin bilan bog‘lanadi. Transferrin bilan bog‘langan temir zarur hududlar bo‘ylab yoki jigar va taloq kabi saqlanish a’zolariga taqsimlanadi.

Metabolizmi

So‘rilgan temir transferrin bilan bog‘lanadi va suyak iligida gemoglobinni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi yoki ferritin bilan bog‘langan holda jigarda saqlanadi. Temirning aksariyat qismi kislorodni tashuvchi oqsil – gemoglobinga suyak iligidagi eritropoez vaqtida kirib oladi yoki ferritin shaklida saqlanadi. Eritrotsitlardagi temir o‘zining hayot davri yakunida qayta oqimga tushib keladi.

Polimaltozaning parchalanish mahsulotlari (maltoza va glyukonat) oraliq metabolizmda foydalaniluvchi glyukozaga aylanadi.

Chiqarilishi

So‘rilmagan temir najas bilan chiqariladi.

 

L-karnitin

Ichga qabul qilinganda yaxshi so‘riladi. Cmax ga 3 soatdan keyin erishiladi, davolovchi konsentratsiya 9 soat davomida saqlanadi. Jigar va miokardga yengil, mushaklarga esa sekinroq kirib boradi. Buyraklar orqali ko‘proq atsil efirlar ko‘rinishida chiqariladi.

  

A vitamini

A vitamini ichak (asosan o‘n ikki barmoq va to‘g‘ri ichak) da deyarli to‘liq so‘riladi. Qabul qilingandan keyin preparatning qon plazmasidagi Cmax ko‘rsatkichi 4 soatdan keyin kuzatiladi. Retinol organizmda teng taqsimlanmaydi. Uning aksariyat qismi jigar va ko‘z pardasida joylashadi. Bundan tashqari, qolgan qismlari buyraklar, yog‘lar deposi, buyrak usti bezlarida va ichki sekresiyaning boshqa bezlarida aniqlanadi. Retinol almashinuvi mahsulotlari buyraklar orqali chiqariladi. T½ - 9,1 soat. Sog‘lom inson peshobida retinol aniqlanmaydi, chunki u o‘tning tarkibida chiqariladi. 

 

V1 vitamini 

Ichga qabul qilingandan keyin MIY da so‘riladi. So‘rilishidan oldin tiamin ovqat hazm qilish fermentlari yordamida bog‘langan holatdan erkin ko‘rinishga o‘tkaziladi. O‘n besh daqiqadan keyin qonda, 30 daqiqadan keyin esa boshqa to‘qimalarda aniqlanadi. Organizmda yetarlicha keng taqsimlanadi. Tiaminning miqdori miokard, qo‘ndalang-targ‘il mushaklar, asab to‘qimasi va jigarda nisbatan yuqoriligi aniqlanadi. Ichak va buyraklar orqali chiqariladi.

 

V2 vitamini 

O‘n ikki barmoq ichakda tez so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 60%. Biotransformatsiyasi jigarda ro‘y beradi. Yarimchiqarilish davri – 66-84 daq. Eliminatsiyasi buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida, yuqori dozalarda – o‘zgarmagan ko‘rinishda amalga oshiriladi.  

 

V12 vitamini 

Ichga qabul qilingandan keyin MIY da so‘riladi. Sianokobalaminning faol shakli hisoblanuvchi adenozilkobalamin (koferment shakli) ga aylanib, to‘qimalarda metabolizmga uchraydi. O‘t va peshob orqali chiqariladi. Qonda V12 vitamini transkobalamin 1 va 2 bilan bog‘lanadi, ular uni to‘qimalarga eltib qo‘yadi. Sianokobalamin ko‘proq jigarda yig‘iladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Jigardan o‘t bilan birgalikda ichakka chiqariladi.  Yarimchiqarilish davri – 500 kun. Plasentar to‘siq orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga kirib boradi.

 

S vitamini

MIY (ko‘proq ingichka ichak) da so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 25%. Ko‘proq jigarda dezoksiaskorbin, keyinchalik shovul-sirka va diketogulon kislotasiga aylangan holda metabolizmga uchraydi. Buyraklar, ichak, ter, ko‘krak suti orqali o‘zgarmas askorbat va metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

 

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vetalin ultra ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan oldin sirop chayqatib olinishi kerak. Zarurat bo‘lganida siropni suv, meva sharbati, bolalar ozuqalariga qo‘shib qabul qilish mumkin.

Siropni dozalash quyidagicha belgilanadi:

Siropni dozalashda 2,5 ml, 5 ml, 10 ml qilib belgilangan o‘lchov idishchasidan foydalaniladi. 

Qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

 

Nojo‘ya ta’sirlari

Har qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilganda dori qabulini to‘xtatib, albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

 

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Preparatning tarkibida temir mavjud, shuning uchun uni tetrasiklin guruhi antibiotiklari va mikroblarga qarshi vositalar – ftorxinolonlar hosilalari bilan birga qo‘llanganda ularning MIY da so‘rilishining sekinlashuvi ro‘y beradi. Tarkibiga alyuminiy, kalsiy, magniy kiruvchi antatsid dorilar va xolestiramin bilan birgalikda qo‘llanilganida temirning so‘rilishi kamayadi.

A vitamini. Estrogenlar A vitamini gipervitaminozi xavfini oshiradi. Retinol asetati glyukokortikoidlarning yallig‘lanishga qarshi ta’sirini kamaytiradi. Retinol asetatini nitritlar va xolestiramin bilan birga qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular A vitamini so‘rilishini buzadi. Retinol asetatini A vitaminining boshqa hosilalari bilan birgk qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bunda dozani oshirib yuborilishi va A vitaminining gipervitaminozi kuzatilishi mumkin. Ye vitamini bilan birgalikda qo‘llash retinol asetatining faol shaklda saqlanishi, ichaklarda so‘rilishi va anabolik samaralarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi. Vazelin moyining birgalikda qo‘llanilishi vitaminning ichaklarda so‘rilishini buzishi mumkin. A vitamini va antikoagulyantlarning birgalikda qabul qilinishi qon ketishlarga nisbatan moyillikning kuchayishiga olib keladi.

V2 vitamini. Alkogol – riboflavin so‘rilishining sekinlashuvi qayd etiladi. Amitriptilin, imipralin, xlorpromazin – flavinokinaza fermentini bloklaydi, riboflavinning faol shakli (koferment) ga o‘tishini buzadi, samaradorligini pasaytiradi. Doksisiklin, linkomitsin, oksitetrasiklin, tetrasiklin, eritromitsin – antibakterial preparatlarning samaradorligi pasayadi. M-xolinoblokatorlar – riboflavinning so‘rilishi va biokiraolishligi oshadi. Probenesid – riboflavinning ichakda so‘rilishi kamayadi. Tireoid gormonlar – riboflavin metabolizmining tezlashuvi aniqlanadi. Xloramfenikol – riboflavin uning nojo‘ya ta’sirlari (gemopoezning buzilishi, qo‘ruv nervining nevriti) ni kamaytiradi va oldini oladi.

V12 vitamini.  Ichga qabul qilinuvchi gormonal kontraseptivlar bilan birgalikda qo‘llanilganda sianokobalaminning qon plazmasidagi konsentratsiyasini kamayishi kuzatilishi mumkin. Tirishishga qarshi dorilar bilan birgalikda qo‘llanilganda sianokobalaminning ichakda so‘rilishi kamayadi. Xloramfenikol parenteral qo‘llanilganida sianokobalaminning anemiyadagi gemopoetik ta’sirini kamaytirishi mumkin. Aminoglikozidlar, salitsilatlar, epilepsiyaga qarshi dorilar, kolxitsin, kaliy preparatlari, simetidin, metformin, peroral kontraseptivlar, ranitidin, triamteren, metotreksat sianokobalaminning ichaklarda so‘rilishini kamaytiradi.

S vitamini sulfanilamidlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta’siri va nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytiradi.

Rux antibiotiklar, mis ionlarining so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun ularning qabullari orasidagi vaqt kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak. Shuningdek ruxni choy va kofe bilan birgalikda qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki ularning tarkibida tanin bor bo‘lib, u plyonka hosil qiladi va u orqali rux qon oqimiga so‘rila olmaydi. A, S, V2 va V6 vitaminlarini saqlovchi qo‘shimchalar o‘zaro so‘rilishini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak. Peshobning rangi to‘q sariq rangga kirishi mumkin, chunki mahsulotning tarkibida riboflavin mavjud. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida dori qabulini to‘xtatish kerak.

Sirop tarkibida V1 vitaminining mavjudligi sababli qon zardobida teofillin konsentratsiyasining spektrofotometrik usul yordamida, urobilinogenni Erlix reagenti yordamida aniqlanishida natijalar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin (yuqori dozalar qo‘llanilganda).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Vetalin ultrani homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkinligi masalasi shaxsiy hal qilinadi. Agar ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun rivojlanishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar xavfidan ustunroq bo‘lsa, Vetalin ultra shu davrda qo‘llanilishi mumkin.

Avtomototransport va murakkab mexanizmlarni boshqara olish qobiliyatiga ta’siri. Avtomototransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Vetalin ultrani boshqa ko‘pvitaminli majmualar, ayniqsa A vitaminini saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qabul qilish dozani oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida tavsiya etilmaydi.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, holsizlik, me’da-ichak faoliyatining buzilishlari. Dozaning oshirib yuborilishi kuzatilgan holatda shifokorga murojaat qilish kerak. Davosi: faollashtirilgan ko‘mirni ichga qabul qilish, me’dani yuvish, simptomatik davoni o‘tkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun sirop 100 ml li qo‘ng‘ir rangli polipropilenli flakonda analogik materialdan tayyorlangan buralib berkitiladigan oq rangli qopqog‘i bilan. Bitta flakon o‘lchov idishcha va qoshiqchasi, hamda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga solinadi.

 

Saqlash sharoitlari

Mahsulot 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati tugagach, qo‘llanilmasin.

 

Ovqatga biologik faol qo‘shimcha (BFQ). Shifokor retseptisiz beriladi.

 

Ishlab chiqaruvchi: «PHARMED UNION» MChJ, Toshkent sh., Chilonzor tumani., Zargarlik ko'chasi,Qizil Sharq 32 uy.