PHARMED UNION

Tridaza 60 - Tarkibi Serratiopeptidaza va yana 3 ta noyob proteolitik fermentlar iborat preparat!

TRIDAZA 60 ta kapsula

 

Dorining savdo nomi: Tridaza.

Ta�sir etuvchi moddalari (XPN): serratiopeptidaza, tripsin, bromelain, papain.

Dorining shakli: ichga qabul qilish uchun kapsulalar.

Tarkibi

Ta�sir etuvchi moddalarning 1 ta kapsuladagi miqdori: serratiopeptidaza � 5 mg, tripsin � 15 mg; ananas ekstrakti (bromelain) � 40 mg; papayya ekstrakti (papain) � 15 mg.

Yordamchi moddalari: jelatin (halol), maltodekstrin, magniy stearati.

Ta�rifi: oq-qizil rangli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi. Yallig�lanishga qarshi, immunitetni rag�batlantiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Serropeptaza, shuningdek serratiopeptidaza nomi bilan ma�lum bo�lgan proteolitik ferment hisoblanadi, y Serratia E15 patogen bo�lmagan ichak bakteriyalaridan olinadi. Klinik tadqiqotlar serratiopeptidaza fibrinolitik, yallig�lanishga qarshi va shishga qarshi ta�sirga ega ekanligini ko�rsatdi. Yalliglanish jarayonini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza yallig�langan to�qimalardan og�riq aminini ajralib chiqishini bloklash orkali ogrikni kamaytiradi. Serratiopeptidaza qondagi alfa-2-makroglobulin bilan 1:1 nisbatda uning antigenligini yashiradi, ammo u o�zining fermentativ faolligini saklab koladi. Serratiopeptidaza yalliglanish o�chog�idagi ekssudatga tushadi va uning qondagi miqdori asta-sekin kamayadi. Serratiopeptidaza kapillyar qon-tomirlarning dilatatsiyasini kamaytiradi va bradikinin, gistamin va serotonin gidrolizi yordamida ularning o�tkazuvchanligini nazorat kiladi. Serratiopeptidaza plazmin ingibitorlarini bloklaydi va shu tarika plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi.

Kristallik tripsin ï¿½ yirik shoxli mollarning me�da osti bezidan olinuvchi, proteolitik ta�sirga ega ferment modda hisoblanadi. Tripsin yallig�lanish va shishga qarshi ifodalangan ta�sirga ega, to�qimalarning o�lgan sohalari, fibrinoz hosilalar, yopishqoq ajratma va ekssudatlarni parchalay olish qobiliyatiga ega. Uning tarkibida tripsin ingibitorlari (spesifik va nospesifik) mavjudligi sababli, u sog�lom to�qimalarga nisbatan fermentativ faol emas va xavfsiz. U gemostaz tizimiga ta�sir qilmaydi.

Bromelain va tripsin hujayraviy (�bo�laklari�) va yallig�lanish jarayonining metabolik mahsulotlarini tez parchalanib ketishiga ko�maklashadi. 

Tridaza preparatining tarkibiga kiruvchi enzimlar patofiziologik jarayonlarga majmuaviy ta�sir qilgan holda, yallig�lanishga qarshi, immunitetni oshiruvchi, fibrinolitik, agregatsiyaga qarshi, shishga qarshi samaralari orqali o�z faolligini amalga oshiradi.

Tridaza qon hujayralari va tomirlar devorining funksional holatini yaxshilaydi; qonning yopishqoqligini va tomirlarda tromblar hosil bo�lishini kamaytiradi, hosil bo�lib ulgurgan tromblarning erishiga ko�maklashadi. Mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, buning natijasida shish va gematomalar tezroq so�rilib ketadi, og�riq sindromi kamayadi.

Tridaza surunkali yallig�lanish o�choqlarida mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, kislorod va oziq moddalarning yetkazilishini yaxshilaydi. Bu bilan u surunkali kasalliklar va jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda reparativ jarayonlarni rag�batlantiradi.

Tridaza shu jumladan chekish bilan asoslangan hollardagi nafas yo�llarining surunkali kasalliklarida bronxlar va o�pka to�qimasining qon bilan ta�minlanishini yaxshilaydi; tebranuvchi epiteliyning faoliyatini yaxshilaydi va bronxlarning drenajlik funksiyasini tiklaydi, balg�amni suyultiradi, bu esa nafas olishni yengillashtiradi va yo�talni kamaytiradi.

Tridazaning proteolitik fermentlari antibiotiklarning samaradorligini oshirib, shu bilan bir vaqtda antibiotiklar bilan davolashning nojo�ya ta�sirlari (disbioz, ta�sirlangan ichak sindromi) ifodalanish darajasini kamaytiradi. Proteazalar substratlarning parchalanishini yaxshilaydi, mikrobiota muvozanatini mukammallashtiradi, ichakning endoekologiyasi tiklanishiga ko�maklashadi.

Papayya ekstrakti � papain antibakterial samaraga ega va epidermisning o�lgan hujayralarini yo�q qiladi. Papain � papayya o�simligining sharbatidan olinuvchi tabiiy fermentdir. Unda terini yengil sho�ralantiruvchi, tabiiy ravishda teridagi teshiklarni tozalovchi ta�sir mavjud. U teriga oqartiruvchi ta�sir ko�rsatadi, bu esa terining umumiy tonini tekislaydi va yuzning rangini yaxshilaydi. Papain yallig�lanishni samarali davolaydi, akne va husnbuzarli toshmani yo�q qiladi.

Yallig�lanishga qarshi ta�siri. Tridaza fermentlarining majmuasi, hamda uning alohida fermentlari � bromelain, papain, tripsin � yallig�lanishli kelib chiqishga ega va jarohatlar (maishiy, sportdagi, jarrohlik aralashuvidan keyingi) ni kamaytiradi. Ular o�tkir yallig�lanish davrida interstitsiyga kiruvchi qon plazmasi oqsillarini parchalashga yordam berishadi va parchalanish mahsulotlarini chiqarilishiga ko�maklashadi. Bu yallig�lanish mediatorlariga, masalan, bradikininga ham taalluqli. Shunda ular samaraliroq depolimerizatsiya qilinadi va chiqariladi.

Shishga qarshi ta�siri. Oqsillarning yuvilib chiqarilishi va fibrinning yig�ilishi (to�planishi) natijasida tezroq kichrayadi va bartaraf etiladi. Shu bilan birgalikda buzilgan mikrosirkulyatsiya yangilanadi, yallig�lanish mahsulotlarining yo�q qilinishi va kislorod, hamda oziqa moddalarining yetarlicha miqdorda kirib kelishi ta�minlanadi. Shishga qarshi ta�sirga shuningdek hujayralardan tashqari hududda mikromolekulyar moddalarning parchalanishi va qonning reologik xossalarini yaxshilanishi natijasida onkotik bosimning pasayishi ham ta�sir qiladi.

Fibrinolitik va lipolitik ta�siri. Tridaza plazminogenni faollashtirishi, fibrinli to�rni depolimerizatsiyalash va sifatini o�zgartirishi hisobiga fibrinoliz faollashuvini chaqiradi, hamda mikrotromblarni eritadi, drenajning fiziologik naylarini ochadi, konning yopishqoqligini gematokritni saqlagan holda kamaytiradi. Konning reologik xossalarini va qon aylanishini yaxshilaydi, xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytiradi.

Immunitet faoliyatini yaxshilovchi ta�siri. Bir qator immunopatologik jarayonlarda asosiy o�rinni patogen immun majmualar egallaydi. Immun majmualarning yuqori konsentratsiyasi fagotsitlar funksiyasining bloklanishini chaqiradi. Majmuaviy fermentli preparatlar qon zardobining gidrolitik faolligini oshirishi va fagotsitoz samaradorligining rag�batlantirilishi hisobiga immun majmualar klirensini yaxshilashi mumkin.

Ikkilamchi og�riqsizlantiruvchi ta�siri. O�tkir yallig�lanishli og�riq reaksiyasining sabab-oqibat omillariga fermentlar ta�sir qilganligi uchun ular og�riqni qoldiruvchi samarani namoyish etishi mumkin. Ular og�riq mediatorlarini ezishadi; to�qimalarda onkotik bosim va zo�riqishni kamaytiradi; qonning reologik hossalarini yaxshilab, qon aylanishining yaxshilanishiga, moddalar almashinuvi toksik mahsulotlarining bartaraf etilishiga va to�qimalarga kislorod yetkazilishini yaxshilanishiga ko�maklashadi.

 

Farmakokinetikasi

Serratiopeptidaza me�da orqali o�zgarmagan holda o�tadi va ichakda so�riladi. Serratiopeptidaza kam mikdorda siydikda aniklanadi. Peroral kabul kilinganida serratiopeptidaza me�da-ichak yo�llaridan so�riladi va tizimli qon aylanishi orkali organizmning barcha to�qimalariga taksimlanadi. U yallig�langan to�qimalarda yuqoriroq konsentratsiyalarga erishadi. Preparatning kup mikdori limfa va qonda bo�ladi. Limfadagi konsentratsiyasi kondagi konsentratsiyasidan ikki marta yuqoriligi aniklangan. Serratiopeptidazaning yalliglanish ekssudatidagi mikdori asta-sekin oshadi va kondagi miqdori kamayadi, bu serratnopeptidaza yallig�langan sohaga tez tashilishini ko�rsatadi. 

Tridaza tarkibidagi fermentlar ingichka ichakda turli hujayraviy mexanizmlar yordamida so�riladi. Bularga qilchalar oxirlari orqali so�rilish (enterotsitlar o�rtasidagi peritsellyulyar transport), silindrik enterotsitlar, peyer pilakchalari ustidagi membrana hujayralari, erkin limfotsitlarning endotsitozi kiradi. Alohida fermentlarning kinetikasi shuni ko�rsatmoqdaki, ko�p marotaba qabul qilinishida ularning konsentratsiyasi oshib boradi va o�zining cho�qqisiga 24-48 soat o�tgach yetadi. Qabul davom ettirilganda erishilgan konsentratsiyalar bir xil darajada ushlab turiladi va dastlabki ko�rsatkichlarga davolash to�xtatilganidan so�ng taxminan 48 soatdan keyin qaytadi. Ichaklarda so�rilishidagi xrono-biologik tafovutlar mavjudligi sababli sutka davomida Tridazani so�rilish cho�qqisida, ya�ni uyg�ongandan keyin darhol, tushlikdan oldin va uyqudan oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatni yetarli miqdordagi (taxminan 250 ml) suv bilan ovqat iste�molidan oldin 30 daqiqalik oraliq vaqtga albatta rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Shunda uning ovqat bilan aralashib ketishi so�rilishining buzilishiga olib kelmaydi. Rezorbsiyaga uchragan fermentlar mononuklear fagotsitlar tizimining hujayralari orqali chiqariladi, ajratilishi ko�proq jigar orqali amalga oshiriladi. So�rilmagan ta�sir etuvchi moddalar ovqat hazm qilinishi vaqtida ichaklarda parchalanadi yoki najas orqali chiqarib yuboriladi.

 

Qo�llash uchun ko�rsatmalar

Quyidagi kasalliklarning majmuaviy davosi va oldini olinishida qo�llaniladi:

 

Qo�llash usuli va dozalari

Dozalanishi va davolash davomiyligi kasallikning og�irlik darajasiga bog�liq va shifokor tomonidan belgilanadi. 

Kasallikning faolligi va og�irlik darajasidan kelib chiqqan holda Tridaza 1-2 ta kapsuladan kuniga 3 mahal qabul qilinishi mumkin. Qabulning birinchi 3 kunida tavsiya etilgan doza 1 ta kapsuladan kuniga 3 mahalni tashkil qiladi.

Kasallik o�rta miyona faollikda bo�lsa, antibiotiklarni faolligini oshirish maqsadida va disbakteriozni oldini olish uchun Tridaza 1 ta kapsuladan kuniga 3 mahal 7-30 kun davomida qabul qilinishi kerak. 

Kasallikning faollik darajasi yuqori bo�lganda Tridaza 2 ta kapsuladan kuniga 3 mahal 1 oy mobaynida qabul qilinishi tayinlanadi. 

Surunkali uzoq muddat kechayotgan kasalliklarda Tridaza ko�rsatmalarga muvofiq kurslar bilan 3-6 oy yoki undan ham ko�proq muddat qo�llanilishi mumkin.

 

Nojo�ya ta�sirlari

Ayrim hollarda ich kelishi sonining oshishi, najas konsistensiyasi va hidining o�zgarishi kuzatilishi mumkin. Bu belgilar dori miqdori kamaytirilganda tezda yo�qoladi. Kam hollarda allergik reaksiya (teriga toshma toshishi, qichishish) rivojlanishi mumkin. Ushbu belgilar preparat qabuli to�xtatilgandan keyin yo�qoladi. Preparat qo�llanilganida ko�ngil aynishi, qorinning dam bo�lishi, qorinda og�riq, bosh og�rig�i, bosh aylanishi, ekzantema, umumiy holsizlik qayd etilishi mumkin. Ba�zan ichak to�lib-toshganligiga o�xshash vaqtinchalik his paydo bo�lishi mumkin. Buni yo�q qilish uchun kunlik dozani bir martalik dozalarni ko�proq qabullarga bo�lib yuborish kerak.

Har qanday nojo�ya ta�sirlar paydo bo�lganida preparat qabulini to�xtatish va albatta shifokorga murojaat qilish zarur.

 

Qo�llash mumkin bo�lmagan holatlar

 

Dorilarning o�zaro ta�sirlari

Birgalikda qo�llanilganida preparat antikoagulyantlarning ta�sirini kuchaytiradi (bunday preparatlarning kombinatsiyasi sinchkov nazorat ostida qo�llanilishi kerak), yallig�langan to�qimalar ichiga antibiotiklar va nosteroid yallig�lanishga qarshi vositalar kirib borishini tezlashtiradi.

 

Maxsus ko�rsatmalar

Preparat qon ivishi tizimiga ta�sir qilishi sababli, uni quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo�llash kerak: qon ketishi xavfi mavjudligi, qon ivishi vaqtining buzilishi, antikoagulyantlarning qo�llanilishi, buyraklarning og�ir kasalliklari.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo�llanilishi

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo�llash tavsiya etilmaydi, chunki klinik ma�lumotlar mavjud emas. 

Bolalarda qo�llanilishi

Bolalarda preparatni qo�llamaslik zarur, chunki klinik ma�lumotlar mavjud emas.

Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta�sir qila olishlik qobiliyati. Ta�sir qilmaydi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: ko�ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastral sohada noxushlik hissi, ayrim hollarda � qon ketishi va balg�amda qonning paydo bo�lishi. 

Davosi: belgilarga muvofiq.

 

Chiqarilish shakli

Oq-qizil rangli kapsulalar 10 tadan blisterlarga qadoqlangan. Oltita blister tibbiyotda qo�llanilishiga doir yo�riqnomasi bilan birga karton o�ramga joylashtirilgan. Bitta o�ramda jami 60 ta kapsula mavjud. 

 

Saqlash sharoiti

Havo harorati 25�S dan oshmaydigan joyda saqlansin. Bolalar olomaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

Yaroqlilik muddati tugagach, qo�llanilmasin.

 

Ovqatga biologik faol qo�shimcha (BFQ). Shifokor retseptisiz beriladi. 

 

Ishlab chiqaruvchi: ï¿½PHARMED UNION� MChJ, O�zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Kichik halqa avtoyo�li ko�chasi, 17-A uy.