PHARMED UNION

Enterovit - Ichaklar va ovqat xazm qilish a'zolar tizimi uchun yangi avlod Simbiotiki

ENTEROVIT sashe

Chiqarilish shakllari: sashe (paketchalar) №10 har biri 2 g dan karton o‘ramga joylangan. 

Tarkibi

  1. Bitta paketcha quyidagilarni saqlaydi:

 Yordamchi moddalari: ta’m beruvchi xushbo‘y modda (qulupnay yoki apelsin) – 120 mg; maltodekstrin – 0,8 g; quruq yaxlit sut – 0,7 g.

Faol tarkibiy qismlarining xossalari

Lakto- va bifidobakteriyalar - ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini ushlab turadi va tiklaydi, patogen mikroorganimlarning ko‘payishi va yashashi uchun noxush sharoitlarni yaratadi, ovqatni hazm qilish va V guruhi vitaminlari, S, K vitaminlarining ishlab chiqarilishi jarayonlarida ishtirok etadi, hamda elektrolitlar muvozanatini, immunitetni boshqaradi. Temir qalsiy, D vitaminini so‘rilishi uchun yaxshi sharoitlarni yaratadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi bakteriyalar oqsillar hazm bo‘lishini yengillashtiradi.

Maltodekstrin va quruq yaxlit sut - prebiotik vazifasini bajarib, probiotiklardan farqli ravishda, ularning kelib chiqishi mikroblar bilan bog‘liq emas, ular ingichka ichakda so‘rilmaydi, lekin yo‘g‘on ichakdagi me’yoriy floraning o‘sishi uchun yaxshi sharoitlar yaratib beradi.

S vitamini - metabolik jarayonlarning me’yoriy kechishi, organizm uchun muhim hisoblangan gormonlar, interferonlar, o‘t kislotalarining ishlab chiqarilishi uchun muhim biologik vazifalarni bajaradi. S vitamini eritropoezning asosiy bosqichlarida, folat kislotasi va temirning me’da-ichak yo‘lidagi so‘rilishi bosqichidan tortib, to hujayralarga yig‘ilgan temirning foydalanish uchun jalb etilishigacha bo‘lgan bosqichdagi metabolizmida ishtirok etadi. S vitamini faol antioksidant bo‘lib hisoblanadi.

Rux - almashtirib bo‘lmaydigan mikroelementlarga kiradi. Hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi, moddalar almashinuvi va oqsillarning ishlab chiqarilishi, to‘qimalarning qayta tiklanishida ishtirok etadi. Kalsiy bilan birgalikda ushbu mikroelement suyaklarning shakllanishi uchun zarur. Shuningdek u organizmning reproduktiv funksiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Ruxning qabuli ichakning me’yoriy mikroflorasini tiklashga yordam beradi, ta’sirlangan ichakning zo‘riqqanligini bartaraf etadi, meteorizm va najasning bo‘tqasimonligini yo‘q qiladi. Bundan tashqari, rux qizilo‘ngach, me’da va 12 barmoq ichak devorlarining o‘tkazuvchanligini boshqaradi; Ye vitamini o‘zlashtirilishi uchun zarur; ichak infeksiyalari bilan kurashishga yordam beradi; patogen mikroflorani ezadi va immun tizimining me’yoriy holatiga 75% javob beruvchi sog‘lom ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kaliy va natriy xloridi, natriy sitrati - kaliy va natriyning manbai hisoblanadi. Ular organizmdagi suyuqliklarning osmotik bosimini yaratilishi va ushlab turilishida, organizmda suvning saqlanishi (ushlanib qolishi) da, ichaklardagi so‘rilish va buyraklardagi glyukoza va aminokislotalarning qayta so‘rilishida, qonning ishqoriy zahirasini ushlab turilishida katta ahamiyatga ega, ayrim fermentlarning faollashtiruvchi moddalari bo‘lib hisoblanadi. 

Glyukoza - butun organizm va uning hujayralari uchun juda muhim oziq moddalaridan biridir. Asosiy energetik manba sifatida u hujayraviy bosqichdagi hayot faoliyatini ta’minlovchi barcha jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Glyukoza organizmning ham odatiy tartibdagi, ham kuchli jismoniy, emotsional, aqliy yuklamalar davrida me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab beradi. Glyukoza jigarning toksik moddalarni zararsizlantirishdagi faoliyatini yaxshilaydi.

 

Qo‘llash ko‘lami 

Enterovit organizmning umumiy sog‘lig‘ini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan askorbin kislotasi va minerallarning sutkalik ehtiyojini qondiradigan miqdordagi probiotik bakteriyalar manbasi sifatida tavsiya etiladi.

Ushbu biologik qo‘shimcha bolalarning o‘sishi va rivojlanishi davrida immun tizimini mustahkamlash va shamollash jarayonlari ko‘payishi davri (qish, bahor) da organizmning qarshiligini oshirish, hamda jadal aqliy va jismoniy faollikda ayniqsa foydalidir.

Biologik qo‘shimchaning faol tarkibiy qismlari ishlab chiqarilayotgan quvvatning me’yoriy darajasini ushlab turadi, toliqish va charchoqni kamaytirishga ko‘maklashadi, asab va yurak-tomir tizimining me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, qonning hosil qilinishida ishtirok etadi.

Enterovit biologik qo‘shimchasining tarkibidagi lakto- va bifidobakteriyalar tabiiy tarzda ovqat hazm qilinishini, yo‘g‘on ichak peristaltikasi (harakatlanishi) ni yaxshilaydi va ichaklarning muntazam tozalanishini ta’minlaydi, foydali ichak florasi muvozanatini ushlab turadi, ovqat hazm qilish tizimidagi noqulaylik hissini kamaytiradi, organizmning himoya kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydi, organizmning immun tizimini va qarshiligini mustahkamlaydi.

Enterovit ichak harakatlanishi (peristaltikasi) ni yaxshilaydi, shuning uchun u qabziyatni davolash va oldini olish uchun qo‘llanilishi mumkin.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin ichish uchun buyuriladi. 

Paketchalar 2 yoshdan boshlab bolalar va kattalarda qo‘llash uchun tavsiya etilgan. Paketcha tarkibi qaynatib sovutilgan suvning 30-100 millilitriga solinib, aralashtiriladi.

Ikki-olti (2-6) yoshli bolalarga 1 ta paketchadan kuniga 1 mahal qabul qilish tavsiya etiladi.

Olti-o‘n ikki (6-12) yoshli bolalarga 1 ta paketchadan kuniga 2 mahal qabul qilish tavsiya etiladi.

O‘n ikki yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 ta paketchadan kuniga 2-3 mahal qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabul kursi davomiyligini mutaxassis belgilaydi. U 1 haftadan 2 oygacha davom etishi mumkin. Takroriy kurslar shifokor maslahatidan keyin tavsiya etilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy qismlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar (paketchalar uchun) va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (kapsulalar uchun). Homiladorlik va laktatsiya davrida shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilinsin.

 

Nojo‘ya ta’sirlari

Juda kam hollarda BFQ ning istalgan tarkibiy qismlaridan biriga yuqori sezuvchanlik mavjudligida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan, 25° C dan oshmaydigan haroratda saqlansin.

 

Saqlash muddati

2 yil.

 

Biologik faol qo‘shimcha (BFQ). Shifokor retseptisiz beriladi.

 

Ishlab chiqaruvchi: «PHARMED UNION» MChJ. Toshkent sh., Chilonzor tumani., Zargarlik ko'chasi,Qizil Sharq 32 uy.

Tel: +998 99 450 22 82