pharmedunion
Enterovit NEO
5 kompanetli yangi avlod Pribiotiki!

-9 xil probiotiklar

-2 xil prebiotiklar

-Sink elementi

-Vitamin C

-Kaliy va Natriy elektrolitlari

Ichaklarda foydali bakteriyalar miqdorini normallashtiradi!

Ichaklar shilliq qavatini tiklaydi

Yuqotilgan elektrolitlar balansini tiklaydi

Chiqarilish shakli: ikkitalik sashe (paketcha) 10 dona, har biri 2 g dan.
Birinchi paketcha (2g)
Faol tarkibiy qismlari:
2 g sashedagi probiotiklarning miqdori:
PL bifidobakteriyalardan iborat majmua: Bifidobacterium longum ning 17X shtammi, Propionibacterium avidum 109 KHQB (koloniya hosil qiluvchi birlik) dan kam emas.
Laktobakteriyalardan iborat majmua: Lactobacillus acidophilus ning 180-shtammi, Lactobasterium bulgaricum ning 176-shtammi, Streptococcus diacetilactis ning 13S65-64-shtammi, Streptococcus thermophiles ning 108-; 66-1413-shtammi 109 KHQB dan kam emas.
Yordamchi moddalar: maltodekstrin – 0,8 g, quruq yaxlit sut – 0,7 g.

Ikkinchi paketcha (2g)
Faol tarkibit qismlar:
- S vitamini -------------- 60 mg
- sink --------------------- 5 mg
- kaliy xlorid ------------- 100 mg
- natriy sitrati ------------ 180 mg
- glyukoza -------------- 1007 mg
Yordamchi moddasi:
- xushbo‘y ta’m beruvchi modda (qulupnay yoki apelsin) – 120 mg.

Faol tarkibiy qismlari va xossalari
Lakto- va bifidobakteriyalar - ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini ushlab turadi va tiklaydi, patogen mikroorganimlarning ko‘payishi va yashashi uchun noxush sharoitlarni yaratadi, ovqatni hazm qilish va V guruhi vitaminlari, S, K vitaminlarining ishlab chiqarilishi jarayonlarida ishtirok etadi, hamda elektrolitlar muvozanatini, immunitetni boshqaradi. Temir qalsiy, D vitaminini so‘rilishi uchun yaxshi sharoitlarni yaratadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi bakteriyalar oqsillar hazm bo‘lishini yengillashtiradi.
Maltodekstrin va quruq yaxlit sut - prebiotik vazifasini bajarib, probiotiklardan farqli ravishda, ularning kelib chiqishi mikroblar bilan bog‘liq emas, ular ingichka ichakda so‘rilmaydi, lekin yo‘g‘on ichakdagi me’yoriy floraning o‘sishi uchun yaxshi sharoitlar yaratib beradi.
S vitamini - metabolik jarayonlarning me’yoriy kechishi, organizm uchun muhim hisoblangan gormonlar, interferonlar, o‘t kislotalarining ishlab chiqarilishi uchun muhim biologik vazifalarni bajaradi. S vitamini eritropoezning asosiy bosqichlarida, folat kislotasi va temirning me’da-ichak yo‘lidagi so‘rilishi bosqichidan tortib, to hujayralarga yig‘ilgan temirning foydalanish uchun jalb etilishigacha bo‘lgan bosqichdagi metabolizmida ishtirok etadi. S vitamini faol antioksidant bo‘lib hisoblanadi.
Sink - almashtirib bo‘lmaydigan mikroelementlarga kiradi. Hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi, moddalar almashinuvi va oqsillarning ishlab chiqarilishi, to‘qimalarning qayta tiklanishida ishtirok etadi. Kalsiy bilan birgalikda ushbu mikroelement suyaklarning shakllanishi uchun zarur. Shuningdek u organizmning reproduktiv funksiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kaliy va natriy xloridi, natriy sitrati - kaliy va natriyning manbai hisoblanadi. Ular organizmdagi suyuqliklarning osmotik bosimini yaratilishi va ushlab turilishida, organizmda suvning saqlanishi (ushlanib qolishi) da, ichaklardagi so‘rilish va buyraklardagi glyukoza va aminokislotalarning qayta so‘rilishida, qonning ishqoriy zahirasini ushlab turilishida katta ahamiyatga ega, ayrim fermentlarning faollashtiruvchi moddalari bo‘lib hisoblanadi.
Glyukoza - butun organizm va uning hujayralari uchun juda muhim oziq moddalaridan biridir. Asosiy energetik manba sifatida u hujayraviy bosqichdagi hayot faoliyatini ta’minlovchi barcha jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Glyukoza organizmning ham odatiy tartibdagi, ham kuchli jismoniy, emotsional, aqliy yuklamalar davrida me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab beradi. Glyukoza jigarning toksik moddalarni zararsizlantirishdagi faoliyatini yaxshilaydi.

Qo‘llash ko‘lami: Enterovit NEO organizmning umumiy sog‘lig‘ini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan askorbin kislotasi va minerallarning sutkalik ehtiyojini qondiradigan miqdordagi probiotik bakteriyalar manbasi sifatida tavsiya etiladi. Ushbu biologik qo‘shimcha bolalarning o‘sishi va rivojlanishi davrida immun tizimini mustahkamlash va shamollash jarayonlari ko‘payishi davri (qish, bahor) da organizmning qarshiligini oshirish, hamda jadal aqliy va jismoniy faollikda ayniqsa foydalidir.
Biologik qo‘shimchaning faol tarkibiy qismlari ishlab chiqarilayotgan quvvatning me’yoriy darajasini ushlab turadi, toliqish va charchoqni kamaytirishga ko‘maklashadi, asab va yurak-tomir tizimining me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, qonning hosil qilinishida ishtirok etadi.
Enterovit NEO biologik qo‘shimchasining tarkibidagi lakto- va bifidobakteriyalar tabiiy tarzda ovqat hazm qilinishini, yo‘g‘on ichak peristaltikasi (harakatlanishi) ni yaxshilaydi va ichaklarning muntazam tozalanishini ta’minlaydi, foydali ichak florasi muvozanatini ushlab turadi, ovqat hazm qilish tizimidagi noqulaylik hissini kamaytiradi, organizmning himoya kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydi, organizmning immun tizimini va qarshiligini mustahkamlaydi.

Qo‘llash usuli va dozalari: Preparat ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin ichish uchun buyuriladi. Har bir paketcha turidan 1 tadan olinadi va qaynatib sovutilgan suvning 30-100 millilitriga solinib, aralashtiriladi.
Ikki-olti (2-6) yoshli bolalarga 1 ta ikkitalik sashedan kuniga 1 mahal qabul qilish tavsiya etiladi.
Olti-o‘n to‘rt (6-14) yoshli bolalarga 1 ta ikkitalik sashedan kuniga 2 mahal qabul qilish tavsiya etiladi.
Kattalarga 1 ta ikkitalik sashedan kuniga 2 mahal qabul qilish tavsiya etiladi.
Qabul kursi davomiyligini mutaxassis belgilaydi. U 1 haftadan 2 oygacha davom etishi mumkin. Takroriy kurslar shifokor maslahatidan keyin tavsiya etilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Preparatning tarkibiy qismlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davrida shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilinsin.

Nojo‘ya ta’sirlari: Juda kam hollarda BFQ ning istalgan tarkibiy qismlaridan biriga yuqori sezuvchanlik mavjudligida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Saqlash sharoiti: Yorug‘likdan himoyalangan, 25° S dan oshmaydigan haroratda saqlansin.

Saqlash muddati: 2 yil

Dorixonalarda berish tartibi: Biologik faol qo‘shimcha (BFQ). Shifokor retseptisiz beriladi.

Ishlab chiqaruvchi: «PHARMED UNION» MChJ. Toshkent sh., Chilonzor tum., Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 17-a uy.
Pharmed Union MChj
+998 99 444 22 52